FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Yo‘l-transport hodisasida jarohatlangan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga 2017 yil 19 noyabr kuni soat 12:35 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borishganda Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lib, yuk avtomobili haydovchisi mashina salonida siqilib qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Qutqaruvchilarning vaziyatga to‘g‘ri baho berish, aniq va tezkor harakatlar natijasida yuk avtomashinasi salonida qisilib qolgan haydovchini maxsus qutqaruv vositalari yordamida avtomashina salonidan chiqarib olishdi va G‘allaorol tuman Markaziy klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Ushbu orqali yana bir insonning hayoti saqlab qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech