O‘zbekiston Respublikasi FVV ishchi guruhi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Navoiy viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlari, korxona-tashkilot hamda aholi turar joylarini isitish mavsumiga hamda yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqilmoqda. Tadbir davomida FVVning quyi tizimi bo‘limlari qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibiga yaratilgan shart-sharoitlar, yong‘in-qutqaruv texnikalari, asbob-anjomlarining texnik holati ham ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Navoiy viloyatidagi tadbirlari
- Qo'shildi: 06.12.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 662