FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

13-oktyabr – “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”

1989 yilda BMT Bosh Assambleyasining 44-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga binoan 1990-1999 yillar tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish o'n yilligi deb e'lon qilingan, shu davr mobaynida har yili oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb belgilangan.

Bu borada keng miqyosdagi chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadida BMT Bosh assambleyasining 2017 yil 17 yanvardagi rezolyutsiyasiga asosan har yilning 13 oktyabr sanasi muntazam ravishda “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” deb e'lon qilindi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyatida ham har yili 13 oktyabr sanasi “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan kecha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat hududida faoliyat olib brayotgan Ommaviy axborot vositalari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida Matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘tkazilgan matbuot anjumani boshqarmaning tegishli bo‘limlari tomonidan sodir bo‘lishi mumkun bo‘lgan tabiiy ofatlarni xavfini kamaytirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Anjumanda kuz-qish mavsumida Is gazidan zaharlanish, yong‘in, chaqnash kabi xolatlarni oldini olish va aholini bu kabi xolatlardan ogoh etish borasida olib borilayotgan say-harakatlar haqida ham nutq so‘zlandi. O‘z nomi bilan ko‘rinmas yov bo‘lgan olov arzimas e’tiborsizlik sabab inson xayoti va mol-mulkiga ziyon etkazishi mumkin.

Shuning uchun ham doimiy nazorat va e’tiborlililk siz –u bizdan talab etiladigan yagona jixatligi alohida ta’kidlab o‘tilib, boshlanayotgan mavsumda yong‘in, is gazidan zaharlanish kabi baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlardan e’tiborli bo‘lishlari va yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarda Viloyatimiz fuqarolaridan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor 101 va 1050 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishilarini keng targ‘ib etishlari so‘rab qolindi.

 Shuningdek, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining hududiy bo‘limlarida tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qator tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, Namangan shahar, Norin, Uychi tumanlari va boshqa hududlarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

O‘tkazilgan matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha xodimlariga murojaat qildilar. Qizg‘in davom etgan anjuman savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi hamda OAV vakillari va jurnalist va blogerlar matbuot anjumanidan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech