Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 25-30 C iliq, shimoliy va cho‘l hududlarida 35 С gacha issiq bo‘ladi.

13 yoshli bola qutqarildi

Joriy yilning 4 fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qutqaruv xizmatiga Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.B.ning uyining temir eshigi berkilib qolganligi, 13 yoshli bolasi uyda uxlab yotganligi, choy damlash uchun gazga suv qo‘yganligi va eshikni taqillatsa ham hech kim javob bermayotganligi sababli havotir olayotganligi ma’lum bo’lgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb qilib, voqea joyiga o‘z vaqtida etib borishdi.

Qutqaruv guruhi tomonidan eshik ochilganda, konditsioner ulangan rozetka erishi natijasida uyning ichi tutun bilan to‘lganligi hamda u erda o‘smir bola hushsiz yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib chiqishdi va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Aziz fuqarolar! Elektr jihozlaridan va gazdan foydalanganda ehtiyot choralarini ko‘ring.

O'xshash yangiliklar

Ma’lumot xabarnomasi

Joriy yilning 18 may kuni soat 17:40 da Surxondaryo viloyatining Qumqorgon tumani Elobod, Azlarsoy va Bogor mahallalari hududida sel oqimlari yuzaga keldi. Sel oqimlari natijasida mahallalardagi 116 x…

SEL KELISH XAVFI YUZAGA KELGANDA AHOLIGA ESLATMA

Sel - katta miqdorda tog toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda togdan oqib tushuvchi suv oqimi bolib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog qorlarining erishi (4% hollarida), tog suv…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech