Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun, 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda boshqarma harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, gerb – dаvlаtning mustaqilligi va  suverenitetining rаmzi hisoblanadi.

Mamlakatimiz istiqlolning ilk yillarida o‘z davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Bugun jahondagi barcha davlatlar qatorida teng huquqli bo‘lgan mustaqil O‘zbekiston ham o‘z bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. G‘ururimiz, iftixorimiz hisoblanmish bu ramzlarda boy tariximiz, ajdodlardan qolgan yuksak ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va an’analarimiz, ezgu g‘oya va orzu-umidlarimiz, buyuk maqsadlarimiz o‘z ifodasini topgan.

Ma’ruzachilaring davlat gerbi va undagi belgilarning tarixiy ahamiyati haqidagi fikrlari, mavzuga oid she’r va kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida, shuningdek, bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi. Yuqori natijalarga erishgan eng faol yosh xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech