FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

2020 yilning ustuvor vazifalari belgilab olindi

Bugun Toshkent viloyati Hokimligining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev, Toshkent viloyati hokimi R.Xolmatov boshchiligida viloyat Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2019 yil mobaynida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, 2020 yilda favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech