FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

Hurmatli generallar, professor-o‘qituvchilar, ofitser va serjantlar! Qadrli hamkasblar!

Siz azizlarni qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni shukuhi kezib yurgan ushbu lahzalarda chin dildan muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Ma'lumki, muhtaram Yurtboshimiz rahbarliklari ostida hozirda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish yuzasidan tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, Prezidentimizning BMTning yuksak minbaridan turib, o‘zbek tilida nutq so‘zlaganliklari bu boradagi ishlarga yanada keng yo‘l ochib, ona tilimizning nafaqat respublikamiz, balki jahondagi nufuzini yana bir karra mustahkamladi.

Bugungi kunda barcha sohalar kabi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham o‘zbek tilini rivojlantirish, vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritishni ta'minlash, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning bu boradagi bilim-malakalarini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Albatta, bu kabi ezgu ishlar kelgusida qizg‘in davom ettiriladi. Chunki ona tilimiz – bizning borlig‘imiz, hayotimiz, faxru iftixorimizdir. Uni  e'zozlash  muqaddas burchimiz hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yana bir bor samimiy qutlaymiz. 

Ona tilimizning qadri hamisha baland bo‘lsin! 

                                                                              

                                                                                         Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech