Hodisa bugun, 22 oktyabr kuni soat 07:35 da “Toshkent-O'sh” xalqaro avtomobil yo'lining 200 km.da sodir bo'lgan. Poytaxt tomon yo'l olgan "KIA" yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo'qotib ag‘darilib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv bo'limi qutqaruvchilari yetib kelishgan. Haydovchining qo'lidan olgan jarohati jiddiy bo‘lmaganligi sababli shifoxonaga yotkazilmagan. Avtomobil maxsus texnika yordamida eng yaqin xizmat ko'rsatish shaxobchasiga olib borilgan. Ichki ishlar vazirligi yo'l-patrul xizmati xodimlari ushbu jarayonda o'zlarining yordamlarini ko'rsatdilar.
FVV Matbuot xizmati