Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Olmazor tumanida joylashgan mebelь sexida yongʼin sodir boʼldi

Bugun, 23 iyulь kuni soat 18:45da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Chuqursoy koʼchasida joylashgan mebelь ishlab chiqarish sexida yongʼin sodir boʼlayotganligi toʼgʼrisida xabar kelib tushgan.

Shunga koʼra, boshqarma yongʼin-qutqaruv ekipajlari soat 18:56da voqea joyiga yetib borib, soat 19:17da yongʼin oʼrab olingan va soat 20:12 da batamom oʼchirilgan.

Yongʼinni oʼchirishga 8 ta yongʼin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʼlganlar yoʼq.

Hozirda yongʼin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi koʼngilsiz vaziyatlarn ing oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʼin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishni soʼrab qoladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech