Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli jurnalistlar va blogerlar! Sizlarning yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan oqilona islohotlarning mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning xolis va ishonchli axborotga nisbatan ehtiyojini qondirishdagi fidoyi, oliyjanob xizmatlaringiz alohida eʼtiborga sazovor. Аyniqsa, hozirda respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda FVV tizimi bilan samarali hamkorlikda olib borayotgan faoliyatingiz natijasida xalqimizning qutqaruvchilikdek sharafli kasb egalariga eʼtibor va ishonchi tobora ortib bormoqda. Ishonamizki, oʼz kasbiga fidoyilik, sadoqat, xolislik bundan keyin ham faoliyatingizdagi bosh mezon boʼlib qoladi. Kasb bayramingiz bilan barchangizni samimiy muborakbod etar ekanmiz, masʼuliyatli va mashaqqatli vazifangizda bugungidek shijoat, bardamlik hamda mustahkam salomatlik tilab qolamiz. Bayramingiz yana bir bor qutlugʼ boʼlsin!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech