FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi institutida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 27 mart kuni Fuqaro muhofazasi institutida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlashning yagona tizimi muammolari va ularning bartaraf etish yo‘llari” mavzusida seminar o‘tkazilildi.

Favqulodda vaziyatlar boshvaruv markazi boshlig‘i S.Abduraxmanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1027-sonli qarorida ko‘zlangan maqsad va vaziflarga to‘xtalib, seminarni ochib berdi. Undan tashqari qarorning ijrosi va shu kungacha yagona tizim doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha seminar ishtirokchilariga qisqacha ma’lumot berdi.

Seminar davomida Vazirlik va idoralardan ishtirok etgan mas’ul hodimlar tomonidan yagona tizim doirasida Respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida olib borilayotgan ishlar va soha yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy, texnogen va ekologik hususiyatli jarayonlarni monitoring qilish va prognozlash bo‘yicha 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar tanishtirildi 

O‘tkazilgan seminarda Yagona tizim tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial xavf manbalarini barvaqt aniqlash, ularning rivojlanish ehtimoli, faollashuvi dinamikasi va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish va avtomatlashtirilgan holda axborot almashinuvini ta’minlashdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar seminar qatnashchilariga etkazildi.

Seminar qatnashchilari YAgona tizim doirasida amalga oshirilgan ishlar va mavjud mauammolari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasisslar tomonidan javoblar olishdi.

Seminar so‘ngida seminar ishtirokchilari tomonidan Yagona tizim doirasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish maqsadida, Vazirlik va idoralardan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat yangi ishchi guruh tuzish taklifi berildi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi etib tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash masalalarida to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

O‘tkazilgan seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Yagona tizim doirasida mavjud muammolar va ularni bartaraf mexanizlari bo‘yicha takliflarni eshitish va Yagona tizimning istiqbollari muhokama qilishdan iborat bo‘lib, seminardan ko‘zlangan maqsadga erishildi

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech