FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

4 metrli quduqqa tushib ketgan sigir chiqarib olindi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 01:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining “1050” qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech