Mazkur tadbirning asosiy maqsadi, 2018 yil 18 dekabrdagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining chegara viloyatlardagi vakolatli Kengash vakillari va O‘zbekiston Respublikasi chegaradosh hududlardagi hokimlarning ikkinchi yig‘ilish Bayonnomasida belgilangan vazifalarning bajarilishini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningek, unda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislaridan tashqari, Tashqi ishlar, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda boshqa tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Uchrashuv davomida Qirg‘iziston tomoni mutaxassislari so‘ngi yillar ichida ikki davlat vakolatli tashkilotlarining o‘zaro munosabatlari sezilarli darajada faollashganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Shundan so‘ng, ikki mamlakatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vakolatli tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv yakuni bo‘yicha Bayonnoma imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi erni amaliy tadqiq yetish Markaziy-Osiyo instituti faoliyati bilan tanishdi.