AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2017 yilning 10 avgust kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari Komiljon Aripovning AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi siyosiy-iqtisodiy bo`limi rahbari Gregori Uinsted boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.