Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchasida taktik-maxsus o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan Аvtomobillarga gaz toʼldirish shahobchasida “Аvtomobillarga gaz toʼldirish vaqtida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda obʼekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida koʼrgazmali maxsus-taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.

Koʼrgazmali maxsus-taktik oʼquv mashqining asosiy maqsadi etib, yongʼin, xavo gaz aralashmasining chaqnashi, avtomobillarga oʼrnatilgan gaz balonlarining yorilishi, portlashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda obʼekt kuch-vositalarining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning Bekobod tumani quyi tizimi bilan hamkorligini takomillashtirish deb belgilandi. 

Oʼquv mashqining shartiga koʼra, gaz toʼdirish uchun kelgan avtomobilda yuzaga kelgan shartli yongʼinni qisqa vaqt ichida oʼchirish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatib, talofat oqibatlarini bartaraf etish boʼldi.

Mashq davomida obʼekt rahbariyati va tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish borasidagi amaliy koʼnikmalarini yanada mustahkamlashga hamda Bekobod tumani FVDTning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda harakatlarini takomillashishiga erishildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech