Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlrdan muhofaza qilish, sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish Favqulodda vaziyatlar vazirligining ustuvor vazifalari hisoblanadi. Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda o‘tgan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalarga bag‘ishlandi. Unda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi boshlig`i S.Zuparov va FVDTning mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda xar bir yo‘nalish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, fuqarolani yong‘inlardan, gaz-xavo aralashmasining chaqnashi, is gazidan va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish kabi nohush holatlardan asrash borasida tele va–radiokanallarda, internet resurslari va bosma ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilayotganini ta’kidlandi.
Tadbirda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlari rahbarlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.