Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari BMT Bosh kotibining Yаkin Sharq va Markaziy Osiyoda gumanitar xamkorlik masalalari buyicha yordamchisi Rashid Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida mehmonlar vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining istiqbollari xususida o‘zaro fikr almashdilar.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida soha yo‘nalishi bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan o‘zaro kelishib olindi.