Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Jondor tumani Qovchin mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul hamda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Jondor tumani hokimligi va mutasaddi tashkilotlarning mas'ul xodimlarini jalb qilgan holda Qovchin MFY hududidagi aholi vakillari bilan, ularni ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarni yechimi  yuzasidan MFY binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr ta'minoti va ichki yo‘llarning holati bo‘yicha 5 ta murojaatchi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, boshqarma boshlig‘i polkovnik A.Abduxalikov tomonidan ko‘rib chiqildi. Kamchiliklarni aniqlashda asosiy e'tibor MFY hududida bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, temir daftarlar ro‘yxatida turuvchi oilalar istiqomat qiladigan uylardagi kamchiliklarga qaratildi.

Viloyat FVB va tuman FVBlari harbiy xizmatchilari tarkibi va tuman gaz ta'minoti, elektr ta'minoti korxonasi, yo‘l xizmati, yong‘indan saqlash jamoat birlashmasi tuman bo‘limi, tuman hokimligi vakillari tarkibidan tuzilgan ishchi gurux tomonidan bartaraf qilish ishlari olib borildi.

Ishchi guruxlar tomonidan MFY bo‘ylab xonadonbay o‘rganilib, aholi xonadonlaridagi mavjud muammolar o‘rganilib, joyida bartaraf etildi. Jumladan, xonadonlardagi isitish pechining nosoz tutun mo‘risi yangisiga almashtirildi, o‘rnatilgan 7 ta nosoz elektr qurilmalari ta'mirlandi, elektr havo liniyasiga halaqit beruvchi daraxt shox-shabbalari butalandi, 5 ta xonadon tashqi hovlisidagi quruq o‘tinlar bartaraf qilindi. Hududda 242 ta tabiiy gaz va 345 ta suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgan aholi xonadonlari mavjud bo‘lib, tadbir davomida “Birlik” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 24 nafar tabiiy gaz iste'molchilari va 12 ta suyultirilgan gaz iste'molchilari xonadonlarida o‘rnatilgan gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatildi. “Qovchin” MFYda joylashgan 6 dona o‘rta bosimli gaz maromlash punktlariga to‘la texnik xizmat ko‘rsatilib, o‘rta bosimli 600 pogonometr gaz quvurlari tartibga keltirildi. Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanishni oldini olish, tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz hamda oqilona foydalanish to‘g‘risida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, tumandagi Chorzona MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 4R225 yo‘lining 2 kilometridan 4 chi kilomerigacha bo‘lgan yo‘l qismi asfaltlashtirildi. Bahoriston qishlog‘idagi aholi vakillari istiqomat qiluvchi ichki yo‘llarning 4 kilometr qismiga qum shag‘al aralashmasi yotqizildi.

Bu borada ishlar tuman FVB tomonidan davom ettirilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech