FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Buxoro viloyatida savdo binolarida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 26 fevral kuni soat 22:37 da Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan savdo binolarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00-40 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 01:30 da batamom o‘chirildi. 

Yong‘in maydoni 520 kv.m.ni tashkil etdi. 

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech