Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chilonzor tumanidagi ko'p qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi bo‘yicha birlamchi ma'lumot

3 oktyabr kuni soat 22:13 da poytaxtning Chilonzor tumanining yettinchi kvartalida joylashgan 59-uyda, birlamchi ma'lumotga ko'ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo'lgan. Voqea yetti qavatli uyning 36-kvartirasida sodir bo'lgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong'in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib bordi. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo'q. Vaziyat oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetdi, deraza va eshiklar shikastlangan. Ayni vaqtda  hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini o'rganmoqdalar. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech