Joriy yilning 19-oktabr kuni “Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshqarmasining fabrikasida “Texnologik tarmoqda sodir bo‘lgan avariya natijasida suyuq xlorning atrof-muhitga tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida Chodak kon boshqarmasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining amaliy harakatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tinchlik davrida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda aloqador tashkilot xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir yakunida mashq davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf qilish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.