O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
QUYIDAGILARGA TANLOV E'LON QILADI:
- biologiya, kimyo, fizika va tibbiyot xonalari uchun jihozlar
- axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari
- yengil avtomobil haydovchilarini “B” kategoriyaga o‘qitish uchun maxsus signalli avtotrenajer
- yuk avtomashinasi haydovchilarini “C” kategoriyaga o‘qitish uchun avtotrenajer
- teatr, badiiy va konsert jihozlari
- o‘quv majmuasi va yotoqxona uchun mebellar to‘plami
- axborot markazi jihozlari
- masofaviy ta'lim uchun videokonferensiya tizimining dasturiy-uskunaviy majmui
- server va tarmoq uskunalari uchun server va uzluksiz quvvat manbai
- sport zali uchun jihozlar toplami
Yetkazib berish shartlari: buyurtmachi omborigacha yetkazib berish.
To‘lov shartlari: milliy valyutada, 15% oldindan to‘lov, qolgan 85% yetkazib berilgandan so‘ng.
Barcha tovarlar ishlatilmagan va yangi ishlab chiqarilgan bo‘lishi, davlat standarti talablari yoki texnik shartlarga mos kelishi shart.
Talabgorlar tijorat takliflari bilan birga, yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma, litsenziya) bo‘lishi shart.
Arizalar e'lon berilgan sanadan boshlab, 30 kun davomida quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent sh., Sh.Rashidov ko‘ch.,17. tel.:71 212-68-57.