Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
10 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yogingarchilik. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 C iliq bo'ladi.

Davra suhbati o‘tkazildi

2018 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan Rivojlanish strategiyasi markazi ko‘magida “Gidrometeorologik faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologik xizmatini innovatsion rivojlantirish Konsepsiyasi loyihalarini  muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruh a’zolari – respublika vazirliklari va idoralari: Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi vakillari, olimlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Davra suhbatining maqsadi ishlab chiqilgan Qonun va Konsepsiya loyihalari mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishdan iborat bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda gidrometeorologik kuzatuvlar tizimi va usullarining takomillashtirilishi, yangi asbob-uskunalar chiqarilishi, telekommunikatsiya va Er sun’iy yo‘ldoshlari orqali monitoring qilish tizimlarining rivojlanishi munosabati bilan gidrometeorologik faoliyatni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi Qonun ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.

Mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlnishi uchun  iqtisodiyotning ob-havoga bog‘liq tarmoqlari, aholiga sifatli gidrometeorologik xizmat ko‘rsatish zaruriyatini hamda milliy xavfsizlikning bir qismi bo‘lgan gidrometeorologik xavfsizlikning muhimligini e’tiborga olib, Respublika Rahbariyati va Hukumati tomonidan “Gidrometeorologik faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologik xizmatini innovatsion rivojlantirish Konsepsiyasi loyihalarini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Gidrometeorologiya sohasidagi qonunchilik bazasini tahlil qilish barcha MDH davlatlari (xususan, Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston)da gidrometeorologik faoliyat gidrometeorologik xizmat to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq amalga oshirilishini ko‘rsatdi. Bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish ham ko‘pgina davlatlar (masalan, Germaniya, YAponiya, Koreya va boshqalar)da gidrometeorologik faoliyatni tartiba soluvchi maxsus qonunlar qabul qilinganini ko‘rsatdi.

Qonun loyihasining asosiy g‘oyasi – O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologik faoliyatni yanada takomillashtirish, gidrometeorologik faoliyatni tartibga soluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqishdan iborat.

Qonunning maqsadi gidrometeorologik faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish bilan davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning gidrometeorologik ma’lumotlar hamda atrof tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir.

Qonun loyihasi 7 ta bob va 24 moddadan tarkib topgan.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga asoslangan  ixtisoslashtirilgan qonun hujjati bo‘lib, o‘z ichiga fuqarolik, mehnat, soliq qonun hujjatlari elementlarini olgan.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi gidrometeorologik faoliyatni yanada takomillashtirilishini, kuzatuvlar va ma’lumotlarga ishlov berishning ilmiy usullari rivojlanishini, gidrometeorologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash va kengaytirishni, gidrometeorologiya sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishini ta’minlaydi; sohaga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi, gidrometeorologik monitoring va atrof muhit ifloslanishi minitoringi tizimiga innnovatsion texnologiyalarni joriy qilishga olib keladi.

Konsepsiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazini davlat boshqaruvi organlari, qurolli kuchlar, iqtisodiyotning ob-havoga bog‘liq  tarmoqlari (agrar, suv xo‘jaligi kompleksi, transport, energetika va boshqalar) va aholini jahon standartlari darajasida o‘z vaqtida va ishonchli gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlovchi zamonaviy innovatsion xizmatga o‘zgartirishdan iborat.

Gidrometeorologik xizmatni modernizatsiyalash, xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, gidrometeorologik xizmatni institutsional rivojlantirish innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari deb belgilangan.

Konsepsiya asosiy yo‘nalishlarining amalga oshirilishi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmatini yangi bosqichga olib chiqishga imkon beradi:

turli muddatli ob-havo prognozlari, xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi ogohlantirishlarning oqlanishi oshadi, iqlim ustidan kuzatuvlar sifati va, umuman, taqdim etiladigan gidrometeorologik, agrometeorologik va ekologik ma’lumotlar sifati yaxshilanadi.

Bugungi kunda Idoralararo ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan “Gidrometeorologik faoliyat” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologik xizmatini innovatsion rivojlantirish Konsepsiyasi loyihalari jamoatchilik fikri va takliflarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zgidromet rasmiy veb-saytiga  joylashtirilgan.

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech