Bugun, soat 11:45 da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan.
Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘z navbatida, fuqarolarimizdan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qolamiz.
Dehqonobod tumanida fuqarolarni yashin urishi kuzatildi
- Qo'shildi: 09.03.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 4237