15 oktyabrdan 16 oktyabrga o‘tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog‘ayotganligi sababli 03:30lar chamasida transport vositalari hamda yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida kuzatuv va nazorat ishlari olib borayotgan vaqtida ikkita Damas rusumli avtomoshinalarning buzulganligi sababli to‘xtab qolganligini aniqlashdi. Avtomashinalarda Samarqand shahridan sport musobaqalaridan 9 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari 3 nafar murabbiylari kuzatuvida uylariga qaytishayotgan ekan.
Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni “Qamchiq” maxsus qidiruv qutqaruv boshqarmasi binosiga olib kelishdi, u erda issiq ovqat, issiq joy bilan taminladilar, erta tongda esa avtomobilni ta’mirlab uylariga jo‘natishdi.