Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
2-martdagi 78-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “2021-yilda o‘tkaziladigan resublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga asosan joriy yilning 25-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida onlayn tarzda respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi FVV Qutqaruv kuchlari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish xizmatini tashkil qilish bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi, vazirlik Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Samarqand boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi hamda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad – respublikamizda favqulodda vaziyatlar, xususan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolar, ularning yechimi va yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni yaxshilash, tajriba almashish, o‘tkazilgan muhokama natijalarini sohada kadrlar tayyorlash tizimining o‘quv jarayoniga tatbiq qilish, shuningdek, samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda, respublikamizda yong‘in xavfsizligi sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilishdan iborat.

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiev kirish so‘zi bilan ochib, sohadagi mavjud muammolar, ularning yechimi va favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini takomillashtirish hamda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari va kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar profilaktikasini ta’minlashning dolzarb muammolari, O‘zbekistonda aholini va funksional xizmatlarni kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishni tashkillashtirish, shuningdek, aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi muammolar xususida keng qamrovli fikr-mulohazalar bildirdilar.

Anjuman yakunida ishtirokchilar respublikamizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashda mavjud muammolar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech