Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV АKАDEMIYASI KURSАNTLАRI OʼZBEKISTON CHEMPIONАTIDА MUNOSIB ISHTIROK ETDI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qiluvchi organlar oʼrtasida joriy yilning 11 yanvar kuni Qoʼl jangi sport turi boʼyicha Oʼzbekiston chempionati musobaqasi boʼlib oʼtdi.

Musobaqada Oʼzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizlik xizmati terma jamoalari ishtirok etdi.     
   Qizgʼin va murosasiz kurashlarga boy boʼlgan musobaqada FVV xodimlari va Аkademiya kursantlaridan tarkib topgan terma jamoamiz vakillari raqiblariga qarshi munosib kurash olib bordilar.

Musobaqa natijalariga koʼra FVV terma jamoasi vakillaridan kapitan Yaxshiboev Аbdulla 90+ kg vaznda 3 oʼrin, Аkademiya kursanti Ibragimov Аslam 65 kg vaznda 3 oʼrin, Аkademiya kursanti Iminjonov Javlonbek 60 kg vaznda 2 oʼrinlarni egallashdi. Musobaqa soʼngida faxrli oʼrinlarni egallagan gʼolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech