Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVVda “General va yoshlar” onlayn uchrashuvi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining koʻrsatmasiga asosan, joriy yilning iyun oyini “Yoshlar oyligi” sifatida keng nishonlash belgilangan.  

Mazkur oylikni nishonlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda bu borada ishlab chiqilgan Konsepsiya talablarining ijrosini vazirlik tizimida taʼminlash maqsadida, joriy yilning 18-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Qoʻldoshev Аbdulla Hamidullayevichning vazirlik tizimidagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari, yoʻnalish sardorlari va faol aʼzolari bilan onlayn (videoselektor) uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida tashkil etilgan 20 ta boshlangʻich tashkilotining Yetakchilari, yoʻnalish sardorlari va faol aʼzolari, jami 1,5 ming nafar yoshlar hamda boshqarma boshliqlari, ularning yoshlar masalalariga masʼul oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.  

Shuningdek, onlayn uchrashuvda hududiy studiyalardan FVV Аkademiyasi boshligʻi general-polkovnik K.Berdiyev, Аndijon viloyati FVB boshligʻi general-leytenant Sh.Normatov, Namangan viloyati FVB boshligʻi general-mayor Q.Аhmedov va FVV FMI boshligʻi general-mayor R.Xaydarovlar qatnashdilar.  

Uchrashuv avvalida general-mayor А.Qoʻldoshev Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati haqida maʼruza qildi, shuningdek, soʻnggi yillarda vazirlik tizimida yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning natijalari hamda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.  

Tadbirning ikkinchi qismida vazirlik yoshlari oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan general-mayor А.Qoʻldoshevga murojaat qildilar. Onlayn uchrashuv qizgʻin savol-javoblar tarzida oʻtkazildi.    

Uchrashuv yakunida, vazirlik tizimidagi boshlangʻich tashkilotlarning eng faol aʼzolariga vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor А.Qoʻldoshevning “Tashakkurnoma”si va badiiy asarlar taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech