Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV kursantlari Аdiblar xiyobonida

Аdiblar xiyoboni… Bugun ushbu maskan, chinakam maʼnoda, yosh avlodning ongi va qalbini ajdodlar maʼnaviyati bilan bogʻlaydigan ibrat hamda saboq maydoniga aylandi.

Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi B.Valiyev boshchiligida vazirlik Аkademiyasi kursantlari ham bu joyda boʻlib, xalqimizning ulugʻ mutafakkir, shoir va adiblari siymosiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.  

Ular Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Farogʻat Xudoyqulova ishtirokida adib va shoirlarimizning ibratli hayoti hamda ijodiga oid qizgʻin suhbat qurdilar. Suhbat yakunida ijodkor oʻzining yangi kitobini kursantlarga tuhfa qildi.  

Darhaqiqat, bu joyda haykallari qad rostlagan benazir ijodkorlar oʻzlarining oʻlmas asarlari bilan, avvalo, oʻzbek adabiy tili, uning nufuzi va maqomini oshirishga beqiyos hissa qoʻshib, adabiyotimizning gullab-yashnashi yoʻlida fidoyilik bilan ijod qilganlar.

Ularning asarlaridagi ulugʻvor gʻoyalar nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo xalqlarini ezgu insonparvarlik fazilatlari sari undaydi.   

Suhbat kursantlar ishtirokidagi ajoyib mushoiraga aylanib ketdi. Ular shoirlarning ona Vatan, muhabbat mavzularini tarannum etuvchi sheʼrlaridan ifodali oʻqidilar.

Ulugʻlar xotirasini yodga olgan yoshlar ushbu maskandan chuqur taassurot bilan qaytarkanlar, bu yerga tez-tez kelish, maʼnaviyat ziyosidan bahra olishni oʻzlariga maqsad qilib oldilar. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech