Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Farg‘ona oromgohlarida “Yosh qutqaruvchi” lar bellashuvi

Kuni kecha Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi tomonidan bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oluvchi bolalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri xarakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, Farg‘ona shahrida joylashgan O‘zbekisiton kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tasarrufidagi "Humo" bolalarni yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

         Musobaqa 3 ta bosqichda o‘tkazildi.

         1-bosqichda Farg‘ona viloyatidagi 17 ta bolalar yozgi dam olish oromgohlari bosh tarbiyachilari bilan musobaqani o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari musobaqada ishtirok etuvchilarning bilim va ko‘nikmalari va shu kabi masalalar bo‘yicha mutaxassislar bilan amaliy seminar.

         2-bosqichda   Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining kuch-vositalari ko‘rgazmasi hamda joriy yilning 26-29 may kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining kasb hunar maktablari o‘rtasidagi g‘olibi Quvasoy shahar kasb hunar maktabining “Xaloskor” jamoasi yosh qutqaruvchilari tomonidan musobaqaning estafeta va arqondan o‘tib chodir tiklash shartlarining amaliy bajarilishi  namoyish etildi.

         3-bosqich musobaqa qismi bo‘lib Farg‘ona viloyatidagi barcha bolalar yozgi dam olish oromgohlari bosh tarbiyachilariga ko‘rgazmali tarzda “Humo” bolalar yozgi dam olish oromgohidan 4 ta “SOS”, “SPASATELI”, “VALANTYoRI” va “ChIP i DEYL” guruhlari o‘tasida 4 ta shart 1-savol javob, 2-estafeta, 3-birinchi yordam ko‘rsatish, 4-Arqondan o‘tib chodir tiklash shartlari bo‘yicha belashishdi.

         Bellashuv yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni “ChIP i DEYL”, 2-o‘rinni “VALANTYoRI”, 3-o‘rinni “SOS” va “SPASATELI” jamolari qo‘lga kiritishda. Musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib jamolarini qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

         Yoshlarni favqulodda vaziyatlarda xarakat qilishga tayyorlashda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega, ush bu tadbirlar Farg‘ona viloyatidagi barcha oromgohlarda o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech