Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Farida Afro‘z Favqulodda vaziyatlar vazirligi mehmoni

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida 2019 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuxrat” medali sohibasi el ardog‘idagi shoira Farida Afro‘z ishtirokida “Ertaga bugunni topib bo‘larmi?!” nomli ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandum asosida tashkil  etilgan ushbu ijodiy uchrashuvda, vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy tuzilmalarining shaxsiy tarkibi bilan shoira Farida Afro‘z ishtirokida ijodkorning hayoti, ijodi, kelajakdagi maqsadlari hamda bugungi kunda sheriyatga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida qizg‘in suhbat tashkil etildi.

Shuningdek, shoira o‘zining ijodining eng sara namunalaridan shaxsiy tarkibga o‘qib berib, xodimlarda sheriyatga, adabiyotga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqshlarini yanada oshirdi. Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda shoiraning kelgusidagi ishlariga muvafaqiyatlar tilab qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech