Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi

Sirdaryo viloyati hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev viloyat miqyosida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish  Davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilot va idoralar, sektorlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Tadbirda viloyat aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy tarzda muhokama qilinib tegishli xulosalar chiqarildi. Shuningdek 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech