Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-leytenant T.A.Xudaybergenovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz yilligi bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar!

Eng ulug‘, eng aziz ayyom - Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha harbiy xizmatchilari, qutqaruvchi va xizmatchilarini, ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchi talabalarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a'zolarini, Favqulodda vaziyatlar vazirligining faxriylarini samimiy muborakbod etaman.

Bugun yurtimizning barcha go‘shasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” - degan ezgu va oliyjanob g‘oya kezib yurgan shu kunlarda istiqlol ne'matining qanchalar ulug‘ hamda qadrli ekanligi yana bir karra yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Qayd etish kerakki, o‘tgan qisqa davr mobaynida jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi va tom ma'noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 

Mamlakatimizda bugun pandemiya bilan bog‘liq murakkab sharoit bo‘lishiga qaramay, muhtaram Prezidentimiz rahbarliklari ostida jamiyatimizning barcha jabhasida amalga oshirilayotgan jo‘shqin islohotlar jarayonida Siz - vazirligimiz tizimi vakillari ham faol ishtirok etib, xalqimiz ishonchi va e'tiborini qozonib kelmoqdasiz.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bundan keyin ham yurtimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, vatanimiz tinchligi, xalqimiz xotirjamligini ta'minlash, mustaqilligimizni mustahkamlashda zimmangizdagi vazifalarni sharaf bilan uddalab borasiz.

Bu yo‘lda barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik, sharafli vazifangizda omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik ayyomi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman!

Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

 

Vazir general-leytenant T.Xudaybergenov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech