FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!

2020 yilning 8 aprel kuni soat 18:00dan - 9 aprel kuni soat 10:00ga qadar A-373 “Toshkent-O'sh” avtomobil yo'lining “Qamchiq” dovonidan o'tgan qismida uzluksiz qor yog'ish holati kuzatildi.

“Qamchiq” dovonida faoliyat ko'rsatuvchi FVDT xizmatlari kuch va vositalari to'liq jalb qilingan holda hamkorlikda foaliyat olib borib, avtomobil yo'lida transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakati ta'minlandi.

Shu o'rinda, avtomobil yo'lining “Qamchiq” dovonidan o'tgan qismida harakatlanadigan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining haydovchilaridan 2020 yil bahor-yoz mavsumi davomida dovon hududida sel, ko'chki va yuqori qiyaliklardan tosh tushishi bilan bog'liq sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni inobatga olgan holda avtomobil yo'li bo'ylab xavfli uchastkalarga o'rnatilgan yo'l belgilariga rioya etgan holda dovon hududida harakatlanishlarini so'raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech