FVV ogohlantiradi:
4 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35*S issiq bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!

“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida qish mavsumida aholini va avtotransport vositalarini xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida mas’ul xizmatlar tomonidan muntazam ravishda muayyan profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

 Xususan, doimiy monitoring o‘tkazish, avtomobil yo‘lida qish mavsumida transport vositalarini xavfsiz harakatini ta’minlash, muzlamaga qarshi yo‘llarni qordan tozalash tadbirlari, shuningdek xavfli uchastkalarda qor ko‘chkisi, yer ko‘chkisi, tosh tushishi xavfi yuqori hududlarga harakat xavfsizligiga qaratilgan ogohlantirish belgilari o‘rnatish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda, haydovchilar tomonidan qor ko‘chkisiga xavfli hududlarga o‘rnatilgan ogohlantirish hamda taqiqlovchi yo‘l belgilariga qaramasdan avtotransport vositalarini to‘xtatishayotganligi va xavfli uchastkalarda  haydovchilar va yo‘lovchilarning sayr qilishayotganligi hamda eng achinarlisi farzandlari bilan qor o‘ynashayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, dovon hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma’dumki dovon avtomobil yo‘lining 224-252 km.lari qor ko‘chkisiga xavfli hududdir. Ob-havoning keskin o‘zgaruvchanligi, tog‘ qiyalikliklarida qor massasining ortib ketishi, hududning yuqori nishabliligi hamda avtomobil yo‘lida harakat yuklamasining ko‘pligi sabali mutaxassislar avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilariga quyidagilarni:

yo‘l harakati qoidalari va beligilariga qat’iy rioya etgan holda harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishni;

avtomobil yo‘lining xavfli uchastkalarda tog‘ qiyaliklariga chiqmaslikni, qor uyinlarini uynamaslikni hamda avtotransport vositasini ushbu joylarda to‘xtatmaslikni tavsiya etadi!

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech