Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Favqulodda vaziyat vaqt va joy tanlamaydi” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Navoiyda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xalq ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta talim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Favqulodda vaziyat vaqt va joy tanlamaydi” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov maqsadi etib yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda fuqaro muhofazasiga oid bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, yong‘in-qutqaruvchi kasbiga mehr uyg‘otish belgilandi.

O‘quvchi yoshlar tanlovda chizilgan rasmlarda zilzilagacha, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilish, sel va suv toshqini vaqtida to‘g‘ri harakat qilish, oftob va sovuq urishidan saqlanish, quturish qasalligidan saqlanish, ovaqtdan zaharlanib qolishning oldini olish, kundalik turmushda elektr toki, gaz va olovdan to‘g‘ri foydalanish, cho‘milish qoidalariga rioya qilish, o‘ziga va o‘zgalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartib va qoidalari aks ettirildi.

Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘tkazilgan tadbir o‘quvchi yoshlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech