FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Fuqaro muhofazasi Institutida seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi Institutining asosiy tadbirlar rejasiga asosan 2018 yilning 19 oktyabr kuni “Aholi o‘rtasida botulizm va quturish kasalliklari profilaktikasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Fuqaro muhofazasi isntituti professor – o‘qituvchilari, Fuqaro muhofazasi kurslari tinglovchilari, institut magistrlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, “Maxalla” jamg‘armasi hamda Fuqaro muhofazasi instituti bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan boshqa institutlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad botulizm va quturish kasalligi bo‘yicha respublikadagi vaziyat, soha yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalarni tahlil va muhokama qilish:

ishtirokchilarda botulizm va kuydurgi kasalligining kelib chiqish sabablari, klinikasi va oldini olish choralari haqida tushunchalar hosil qilishdan iborat.

Shuningdek, institut magistratura talabalarini ilmiy ishlarga kengroq  jalb etish va ularning ilmiy salohiyatini oshirish ko‘zda tutiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech