Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Haftalik bashorat

Ertaga respublika hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 29-31 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda 30 yanvarda qorga aylanishi mumkin. 31 yanvarga havo harorati 6-8o ga pasayadi va shu davrning normal harorat qiymatlariga yaqin bo‘ladi.

1-2 fevralda Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 5-10o iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari bo‘yicha 28 yanvardan
2 fevralgacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech