Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Haftalik prognoz

Bugun mamlakatimizga Turkmaniston hududidan bulut massivlari kirib keladi. Kun davomida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechga kelib Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Shuningdek momaqaldiroq bo‘lib, shamolning tezligi sekundiga 15-20 m gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25 darajani tashkil qiladi.

Ertaga tungi va ertalabki soatlarda yomg‘ir faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ina vodiysi viloyatlarida yog‘ishi mumkin, respublikaning boshqa joylarida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

1 maydan boshlab Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan O‘zbekiston hududiga nam havo oqimlari kirib keladi. Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi va ertalab, kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat  kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

2 maydan 4 maygacha butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab ob-havo kam bulutli bo‘ladi, bu davrda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Harorat foni kechasi 10-15 daraja, kunduzi 2-3 may kunlari 20-25 daraja, atrofida bo‘ladi. 4 maydan boshlab esa Turkmaniston hududidan issiq havo oqimlari kirib kelishi sababli harorat ko‘tarila boshlaydi, ayniqsa shimoli-g‘arbiy va janubiy tumanlarda 23-28 daraja, ayrim joylarda 30-32 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan o‘rtacha 3-5 darajaga yuqoridir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech