Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha kuchayadi. Harorat 38-41C issiq, shimol va janubiy hududida 42-43C issiq bo'ladi.

Hamkorlikdagi seminar

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan hamkorlikda “Xavfli geologik jarayonlar monitoringi va prognozi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash a’zolari, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari, Fuqaro muhofazasi instituti magistrantlari ishtirok etishdi.  

Ilmiy-amaliy seminar, respublika aholisi va hududlarini er ko‘chkilari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini samarali tatbiq etish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur seminarda, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati faoliyati, xavfli geologik jarayonlar monitoringini olib borishda fan va amaliyot imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida, ko‘chki xavflilik darajasi bo‘yicha maxsus rayonlashtirish xaritalarini tuzish, sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari hamda sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion qurilmalarga oid masalalar muhokama etildi.

Tadbir yakunida Ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash a’zolari tomonidan soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratilgan  tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

MUSOBAQALAR KO`TARINKI RUHDA O‘TDI

2018yil 11-22 sentyabr kunjari Qozog'iston Respublikasi Astana shahrida bo`lib o`tgan Kazspas 2018 xalqaro musobaqaсиda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ham ishtirok …

Maxsus xabarnoma

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan malumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 na…

Davra suhbati o‘tkazildi

2018 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi Poytaxt biznes-markazida Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan Rivojlanish strategiyasi markazi koma…

Muzeyga sayohat

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari Navoiy viloyati davlat tarixi va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog'ida harbiylar muzey bo'limlari va tarixiy eksponatlar b…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech