Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ikki nafar yosh bolalar onasiga topshirildi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Shoto‘rayeva Gulira’no Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qisqa raqamiga joriy yilning 10 yanvar kuni soat 13.30 lar atrofida qo‘ng‘iroq qilib uch hamda bir yoshli farzandlari uy ichkarisida qarovsiz qolib ketganligi, temir eshik qulflanib, uni ochishning imkoni bo‘lmayotganligi, qolaversa xonadon ichida gaz plitasi yoniq qolganligi hamda farzandlaridan havotir olayotganligi to‘g‘risida murojaat qildi.

Olingan xabardan so‘ng qutqaruv otryadi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib qisqa vaqt ichida qulflanib qolgan uy eshigini ochishib bolajonlarni onasiga topshirishdi.

Farzandlarini qo‘liga olgan Ona o‘z vaqtida yordam ko‘rsatgan qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech