FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Is gazidan ogoh bo‘ling!

 

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yаngiyo‘l tumani “Keng kichik” MFY Farovon ko‘chasi 12 uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Ushbu fojeaga xonadon erto‘lasiga o‘rnatilgan qo‘lbola (sertifikatlanmagan) suv isitish anjomi sabab bo‘lgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, gazda ishlovchi suv isitish anjomiga dudburon o‘rnatilmaganligi xamda erto‘lada xavo almashish tuynugi bo‘lmaganligi oqibatida, tabiiy gazni chala yonishi va is gazi xosil bo‘lishi yuzaga kelgan. Erto‘lada to‘plangan is gazi (xavodan engil) yotoqxonaga ko‘tarilgan va xonadn egalarini xalokatli zaxarlanishiga olib kelgan.

Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech