Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Kasbida yong‘in-qutqaruv qismining binosi foydalanishga topshirildi

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 17-kasbiylashgan yong‘in-qutqaruv qismining kapital ta’mirdan chiqarilgan binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘z tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida xizmat vaqtida o‘rnak ko‘rsatgan bir qator xodimlar hamda shu sohada uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

O‘tkazilgan tadbirning yana bir quvonarli jihati shunda bo‘ldiki, shu kunning o‘zida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar va sohada ko‘p yillar xizmat qilib iste’foda bo‘lgan harbiy xizmatchilar tomonidan Kasbi tumanidagi “Sulton Mirhaydar ota” qadamjosi ziyorat qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech