Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19-aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda kuchli yomg'ir yog'ib momoqaldiroq bo'lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat)dan 15-20 m/s (54-72km/soat) tezlikgacha esadi. Harorat 17-22C iliq bo'ladi.

Kimyoviy avariya bartaraf etildi

Joriy yilning 27 avgust kuni soat 21:45 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Chukursoy” ko‘chasida joylashgan “Universal logistik servis” MCHJ temir yo‘l stansiyasida konteyner ichida temir idishlardagi “Gidrosulfat natriya” tutayotganligi va yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Ushbu kimyoviy modda stansiyaga shu yil 20 avgust kuni kelib tushgan va saqlanib kelingan.

Vaziyat bo‘yicha xabar topilganidan so‘ng, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Yong‘in havfsizligi boshqarmalari ekipajlari birgalikda zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi va 28 avgust kuni soat 04:20 gacha konteyner ichidagi har biri 54 kg.ga teng bo‘lgan 384 ta temir idishlar tashqariga olib chiqildi. Olib chiqilgan idishlarning 109 tasining butunligi buzilganligi sababli voqea joyida zararsizlantirildi.

Hudud tegishli maxsus o‘lchov asbob-anjomlari bilan o‘rganildi va havoning konsentratsiyasi hamda radiatsion fon me’yorida ekanligi aniqlandi.

O'xshash yangiliklar

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech