Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqda eng ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiya bo‘lib, bugungi kunda ushbu illatga qarshi kurashish dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Chunki, poraxo‘rlik – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisalardan biridir.
Bugun 23 iyun' kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Maxsus vazifalarni bajaruvchi Respublika qutqaruv markazi, Maxsus muxandislik qurilish boshqarmasi hamda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolarini jalb qilgan holda “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir va ushbu tadbirdan so‘ng ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirlarga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i adliya polkovnigi D. Xamraev., O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi S. Eshonqulov., O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sud'yasi Sh. Dosaliev., Toshkent Harbiy sudi raisi J. Raxmonovlar tashrif buyurishib sohada amalga oshirilayotgan tadbirlar, shuningdek yuzaga kelayotgan korrupsion jinoyatlar to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi.
Shuningdek, bugungi ommaviy sayyor qabulda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta'limi va Adliya boshqarmalari vakillari ishtirok etib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollar va masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazishdi.