Joriy yilning 19 oktyabr kuni O‘zbeksiton Respublikasi Favquloda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instiutida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida” davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati Ichki ishlar vazirligi hamda Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hodimlari shuningdek Fuqaro muhofazasi instituti professor o‘qituvchilari, magistratura bosqichi talabalari va tinglovchilar tarkibi qatnashdi.
Davra suhbatdan asosiy maqsad O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining ““Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi Qonuning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 2 fevraldagi PQ -2752-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ta’minlash, vazirlik tizimidagi shaxsiy tarkibning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda Qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodim va tinglovchilarga etkazishdan iborat.
Oliy va ulug‘ ne’mat hisoblanmish mustaqilligimizni asrab avaylash, ozod va erkin, tinch va osoyishta hayotimiz poydevorini yanada mustahkamlash, xalqimiz xotirjamligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘lida xizmat qilish barchmizning vazifamizga aylanmog‘i lozim.
Matbuot xizmati