Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan tantanali yig‘ilish

Joriy yilning 30 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida o‘tkazilayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi -  Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi  general-leytenant Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to‘g‘risida”gi Farmoni o‘qib eshittirildi.

Quvonarlisi shundaki, mazkur Farmon bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir qator xodimlari ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganligi ta’kidlanib, quyidagi xarbiy xizmatchilariga Davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

 «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

Qurbanov Xurshidbek Xidirnazarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;

Razzaqov Hasanboy Mirzayevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bosh inspektori;

Ro‘zimov Qudrat Kenjayevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xorazm viloyati yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bo‘linma komandiri;

Tajibekov Yesengeldi Saparbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bo‘linma komandiri;

Xodjimuratov Shamsiddin Karimkulovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazorat xizmatining bosh inspektori;

«Shuhrat» medali bilan:

Qo‘ziboyev Iskandar Faxriddinovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangiyo‘l tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta ofitseri;

Raximov Shukurillo Ruzmamatovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - bo‘lim boshlig‘i taqdirlandilar.

 Shuningdek, tadbirda bir qator xarbiy xizmatchilarga navbatdagi xarbiy unvonlar xam berildi.

Bundan tashqari, vazir o‘z nutqida barchani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi bilan chin yurakdan tabriklab,  kelgusidagi xizmatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech