Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan tantanali yig‘ilish

Joriy yilning 30 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik boshqarma, mustaqil bo‘lim va xizmatlar rahbarlari, harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi  general-mayor T.Xudaybergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to‘g‘risida”gi Farmoni o‘qib eshittirildi.

Mazkur Farmonga asosan:

 «Do‘stlik» ordeni bilan Grankina Galina Nikolaevna - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi laboratoriya boshlig‘i;

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan Darmanov Murodjon Muxammadovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi kimyo yo‘riqchisi;

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan Narbaev Ilxom Tashbekovich - Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchi-haydovchisi;

«Shuhrat» medali bilan Axmadaliev Elyorjon Umaralievich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech