Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 11:48 da Navoiy viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga Navoiy shahri Me’morlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Rizayev B xonadonida 2 nafar yosh farzandi qulflanib qolganligini aytib amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Mazkur murojaatga asosan soat 11:54da voqea joyiga mas’ul navbatchi katta leytenant J.Sharopov rahbarligida qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, maxsus asboplar yordamida ichkaridan qulflanib qolgan xonadon eshigini ochib uy ichida qolib ketgan 2017 yilda tug‘ilgan Fayzbek va 2019 yilda tug‘ilgan E’zozani ota-onasiga sog‘-salomat topshishdi.