FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Navoiy shahar hokimligida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama etildi

Ma'lumki, mamlakatimizda havo harorati pasayib, kuz fasli ham asta-sekin o‘tib bormoqda. O‘z-o‘zidan bu davrda aholi tomonidan isitish moslamalariga extiyoj seziladi. Ayniqsa, har yili qish mavsumida is gazidan zaharlanib, aziyat chekkan yurtdoshlarimiz borligi barchamizdan yanada xushyor va ogoh bo‘lishni talab etadi.

Kuni kecha Navoiy shahar hokimligida is gazidan zaharlanishning oldini olish, qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga jiddiy e'tibor qaratilishini tashkillashtirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Navoiy shahar Sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda kun tartibidagi masala atroflicha muhokama etilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech